QUTLUG‘ USTOZ ULUG‘ YOSHDA

Avvalombor, muborak yoshga yetish qiyin, yetganda ham obro‘, e’tibor va e’zoz bilan o‘sha dovonni zabt etishning o‘zi bo‘lmaydi. El-yurtiga sadoqatli, jamoadoshlari ehtiromiga sazovor, oilaparvar insonlar uchun bunday dovonlar hech nima. Ilm-fanni o‘z qismatiga aylantirgan, fidoyi olima, ustoz, murabbiy, xokisor insonlardan biri Muhayyo opa Shoumarovadir.

Oliy ta’lim uchun M.Shoumarova “Qishloq xo‘jaligi mashinalaridan praktikum” o‘quv qo‘llanmasini yozib chop etdi. Bundan tashqari kollejlar uchun 15 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. M. Shoumarova fakultetdagi yosh o‘qituvchilarga metodik yordam berib, ular uchun ochiq darslar, muammoli ma’ruzalar tashkillashtirib amaliy yordam bermoqda. Talabalar va yosh o‘qituvchilarni milliy qadriyatlarini e’zozlash ruhida tarbiyalash maqsadida turli anjumanlarni uyushtirib o‘tkazib kelmoqda.

M. Shoumarova bilimdon tadqiqotchi o‘ziga hamda hamkasblariga nisbatan o‘ta talabchan mexanizator olima. O‘z kasbiy mahoratini oshirish ustida uzluksiz ishlaydigan, kamtarin mehnatsevar inson, yoshlarning g‘amxo‘r murabbiysi. M. Shoumarova “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti, institut reytingini ko‘tarish ustida tinmasdan faol xizmat qilayotgan shaxsdir. O‘zgarayotgan ona yurti, O‘zbekistonni tez rivojlanishiga charchamasdan, tinmasdan ulush qo‘shayotgan olima-o‘qituvchidir. 80 yoshingiz muborak bo‘lsin, qadrdon ustoz!

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov