Institutimiz rektorining 2020 - yil 28 -maydagi 343/t buyrug'iga asosan karantin davrini hisobga olib "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 3 kurs talabalari hamda fakultet professor o'qituvchilari birgalikda onlayn aloqalar o'rnatilgan holda ishlab amaliyotlari olib borilyapdi. 2019-2020 - o'quv yili o'quv jarayoni jadvaliga asosan "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalariga yashash joylariga yaqin bo'lgan hududlaridagi ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etildi. Talabalar bilan har kuni professor o'qituvchilari tomonidan onlayn tarzda suhbatlar uyushtirilmoqda. Undan tashqari talabalarga amaliyot davrida "Hayot faoliyati xavfsizligi" va karantin qoidalarga rioya qilish bo'yicha onlayn tarzda yo'riqnomalar berildi.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati