Bu hikmatni anglash muhim. Undan unumli foydalanish talabaning o‘z kelajagi haqida qayg‘urishi demakdir. Birinchidan, o‘qishga kirish oson emas, yetuk bilim, intellektual salohiyat zarur. O‘qishga kirgandan so‘ng sidqidildan g‘ayrat bilan, diqqatni bir joyga qo‘yib ta’lim olishga kirishish yanada muhim. Talaba nomini olgan har bir yosh ushbu talabni aslo unutmasligi maqsadga muvofiq. Bugun “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining talabasi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda institut prorektori Ruzimurat Choriyev, fakultet dekani Rashid Hakimov va dekan o‘rinbosari Jamshid Turdiyevlar qatnashishdi.
Prorektor birinchi kurs talabalarini samimiy qutlar ekan, ushbu ta’lim muassasasining o‘ziga xos talablari borligini, unga rioya etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Institutda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar talabalarning o‘qish va dam olishlari va boshqa intellektual va jismoniy salohiyatlarini oshirish uchun mo‘ljallanganini alohida uqtirdi. So‘ngra imtiyozli tarzda byudjetga kirgan iste’dodli ikki talaba qizni davraga taklif etdi.
Bular "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti 1 kurs talabalaridan byudjetga qabul qilingan Arashova Sabina Kamalovna, Muminova Gulshanoy Furkat kizidir. Ular institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiklarini izhor qilishdi. So‘ngra fakultet dekani R. Hakimov ham talabalik sharafli va mas’uliyatli davr ekanini e’tirof etib yoshlarni ruhlantirib motivivatsiya berdi. Ularga o‘qish paytida chinakam faollik va zafarlar tiladi.
TIQXMMI matbuot xizmati