Kecha 9 sentyabr kuni soat 17:00 dan boshlab telegramm kanali orqali yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Choriyev Ruzimurat Kungratovich, qabul komissiyasi mas’ul kotibi Qodirov Dilshod Botirovich bilan ovozli chat tashkil qilindi. Suhbat davomida asosan, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash, talabalar turar joyiga joylashtirish tartibi masalalari, 1-kursga tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini topshirish tartibi xususida ochiq suhbat uyushtirildi. Talabalar mas’ullarga ovozli chat davomida bevosita savollar berib, o‘z takliflarin bildirishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati