Ta’lim zamiridagi tashrif

7 oktyabr kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Magistratura” bo‘limi 5A450502 - “GMTF” mutaxassisligi 2-kurs 16-guruh magistrantlarining ilmu ta’limga e’tibori kuchli. Ular o‘zlariga biriktirilgan “GMTF” kafedrasining “Chirchiq-Ohangaron” ITHB qoshidagi “Bo‘z-suv” irrigatsiya tizimi boshqarmasidagi filialida bo‘lishdi. Kafedra dotsenti Amanov. B tomonidan tashkil etilgan ko‘chma darsda ishtirok etishdi. Shuningdek, “Kalkauz” kanalining bosh inshootiga ham tashrif buyurish davomida magistrantlar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida mustahkamlashdi.

«Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish» kafedrasi dotsenti Baxodir Amanov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov