Ma’naviy-madaniyat  maskaniga tashrif

 Joriy yilning 10-fevral kuni GM yo‘nalishi 4-bosqich “Kasbiy ta’lim” yo‘nalishi 418-gurux talabalar hamda gurux murabbiysi “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat”  kafedrasi dotsenti v.b. Durdona Mustafoeva boshchiligida “Adiblar hiyoboni” ga tashif  buyurishdi. Bu yil Abdulla Oripovning 80 yilligi keng nishonlanadi. Abdulla Oripovning keng qamrovli ijodi Prezidentimizning maxsus qarorlarida o‘z mohiyatini ifoda etadi. Barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham  Abdulla Oripov xotiralarini yodga olib ularni ziyorat qilishga tashrif buyurdilar.  

Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo‘lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qardosh xalqlar tillariga tarjima qilingan kitoblari, mustaqil O‘zbekiston madhiyasining muallifi ekanligi, eng muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon ruhida tiklash, yangi bosqichga ko‘tarishga intilganligi xakida guruh murabbiysi D.Mustafoeva talabalar bilan hamsuhbat bo‘ldi. Institutimizda A.Oripovning 80 yilligi munosabati bilan juda katta tayyorgarlik ishlari borilmoqda. Hozirda  barcha fakultetlarda bo‘lgani kabi “Gidromelioratsiya” fakulteti jamoasi hamda talabalari tomonidan ma’naviy tadbirlarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. “Adiblar hisoboni” ga qilinadigan tashriflar  talabalarni ma’naviy o‘sishi, ijod qilishi va shu bilan birga ijodkorlarga bo‘lgan hurmat-ehtiromini oshiradi, hayotga o‘zgacha nazar solishiga turtki bo‘ladi.

 

PT va JM kafedrasi  dotsenti Durdona Mustafoeva axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati