“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining va institut marketing bo‘limi boshlig‘i X.Xayitovlarning tashabbusi bilan “Uzenergoinjenering” AJ, “Toshshaharnur” DUK, “BMKB Agromash” AJ, “Standart elektrotexnika” MChJ, “ARTEL” GK korxonalari hamkorligida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining 5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, 5111000-Kasb ta’limi (Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish) ta’lim yo‘nalishi 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga “Uzenergoinjenering” AJ korxonasidan xodimlar bo‘limi boshlig‘i X.Xamraev, bosh direktor yordamchisi U.Turdiev, “BMKB Agromash” AJ korxonasidan innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i B.Choriev, “Standart elektrotexnika” MChJ korxonasi direktori o‘rinbosari Sh.Murtozaev, “ARTEL” GK o‘quv markazi boshlig‘i G‘.Isakov va t.f.d., yetakchi professor A.Ivanovlar bitiruvchi talabalar bilan suhbatlashdi. Ushbu ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba-yoshlari o‘qish davridayoq tizimdagi korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tab, kasb ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda. Keyingi yillarda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur yarmarka yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, korxona – ta’lim muassasasi – bitiruvchi hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bitiruvchilar taklif etilayotgan ish o‘rinlari, korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Korxonalardan kelgan mas’ullar tomonidan talabalarni ushbu korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdilar. Talabalar bitirgandan keyin ishga joylashish uchun korxonalar tomonidan berilgan so‘rovnomalarida ishtirok etishdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytardi.
"Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati