18 soatlik o‘quv kursi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 87-03-622-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2018 yil 24 dekabrdagi 170-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining III-bo‘lim, 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi bilan “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida 18 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur shartnoma asosida 2019 yil 10 aprel kuni soat 13.30 da institutning ARM videokonferensiyalar zalida “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi Bosh mutaxassisi I.Abduraxmonov tomonidan “Intellektual mulkni baholash”, “Intellektual mulk ob’ektlarini boshqarish tamoyillari”, “Intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi” mavzularida institut professor-o‘qituvchilariga 6 soatlik ma’ruza havola qilindi. 

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov