“O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 17.09.2019-yil 781-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashkil etilgan edi. Tashkil etilgan “O‘zbekkosmos” agentligi juda ko‘p soxalarni monitoring qilib bormoqda. Shu sabab joriy yilning 11-iyun kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti talabalari “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foydalanish soxalari bo‘yicha, qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringi yo‘nalishida talabalarga kosmik monitoring texnologiyalari qishloq xo‘jaligi faoliyatining turli jabhalarini samarali nazorat qilish, kosmosdan olingan suratlar qishloq xo‘jaligi yerlarini inventarizatsiyadan o‘tkazash, turli bosqichlarda ekinlar holatini tezkor nazorat qilish,  yerlarning tanazzulga uchrashi jarayonlarini aniqlash, ekinlarga potensial tahdidlarini aniqlash va agrosanoat majmuasining boshqa ko‘plab vazifalar haqida tushinchalar berdilar. Talabalarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari javob berdilar.

                                   

YОBIB dekan muovini  K.Usmonov

                            TIQXMMI matbuot xizmati