Institutimiz o'quv ilmiy markazida "Ustoz - shogird" an'anasiga muvofiq tadbir tashkil etildi. Institutimizning o'quv ilmiy markazida Injenerlik geodeziyasi fanidan "Gidromeliorativ ishlarni mehanizasiyalash" fakulteti 2 kurs talabalari dala o'quv amaliyoti olib borayotgan jarayonga Geodeziya va geoinformatika kafedrasi yoshi ulug‘ professor o'qituvchilari tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad institutimizda yillar mobaynida an'anaga aylangan "Ustoz -shogird" tizimini yanada yuksaltirish va talabalar o'rtasida ilm olishga bo'lgan mehr- muhabbatni oshirishdan iborat. Tashrif chog'ida ustozlarimiz Pajapboyev M. va Musayev I. tomonidan talabalarga Injenerlik geodeziyasi fanidan kerakli maslahatlarni berishib talabalarni amaliyot paytidagi geodezik ishlarini ko'zdan kechirishdi. Talabalar tomonidan ustozlarga minnatdorchilik bildirildi.
“ Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov