Qalb xotirjamligi, dil pokligi, ruh osoyishtaligi ziyorat va ilm ham ibodat bilan. Donishmandlarning bu oʻgitida ulugʻ haqiqat bor. Oʻtganlar ruhini shod etish, ilm-u amallarini yod etishning hikmati ham katta. Qalbga jo boʻlgan qadamjolarni ziyorat qilish masʼuliyat va majburiyatni his etishga imkon tugʻdiradi. 2018 yil 7 dekabr kuni “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Suv xoʻjaligida ekologiya xavfsizligi” taʼlim yoʻnalishi 106-guruh talabalari guruh rahbari hamrohligida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar “Oq saroy” qarorgohida tashkil etilgan yodgorlik majmuasi, muzeydagi eksponatlar bilan tanishishdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov