O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 502-son qarori ijrosi yuzasidan TIQXMMI Qarshi filiali direktori Z.Muqimov hamda filial professor-o‘qituvchilari joriy yilning 12-fevral kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga, hamda shoir tug‘ilib o‘sgan Koson tumanidagi Nekuz qishlog‘iga tashrif buyurdi. Tashrif davomida shoirning ota-bobolari, qarindosh urug‘lari mangu qo‘nim topgan qabriston ziyorat qilindi.
Shoir tug‘ilib o‘sgan xonadonga va uy muzeyiga tashrif buyurildi. Shoirning yaqin qarindoshlari bilan samimiy muloqot qilindi. Tashrif davomida Abdulla Oripov tahsil olgan Koson tumanidagi 44 maktabga ham borildi. Maktabda shoirga atab tayyorlangan muzey eksponatlari bilan ham tanishildi. Tashrifda shoir tomonidan qurdirilgan 90 - maktabga ham tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida shoirning ijodiy merosini Yoshlar, shu jumladan talabalar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, bo‘yicha topshiriqlar berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati