Xitoy uch ming yillik boy tarixga ega mamlakat bo‘lib, hozirda zamonaviy texnika va texnologiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or mamlakatlardan hisoblanadi. Bugun Xitoy Xalq Respublikasining kalendari bo‘yicha yangi yil nishonlanadi. Shu munosabat bilan, institutimiz rahbariyati tashabbusi bilan Huawei kompaniyasi rahbariyati va vakillarini tabriklash uchun institutimizga taklif etildi.
Huawei kompaniyasining marketologi Aleksandr Shinni biznes-lanchga taklif etildi. Uchrashuvda ko‘plab o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, institutning o‘quv poligonida aqlli xo‘jaligini joriy qilish bo‘yicha batafsil kelishib olindi. Shuningdek, institutda o‘rnatilgan data-sentrdan foydalanish bo‘yicha Huawei kompaniyasi vakillari tomonidan master klass o‘tkazib berish uchun kelishuvga erishildi. Uchrashuv do‘stona va samimiy tarzda o‘tkazildi. Uchrashuv so‘nggida, Huawei kompaniyasi rahbariyati va vakillariga yangi yil bayrami munosabati bilan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
TIQXMMI matbuot xizmati