Ardoqli shoir yosh avlod xotirasida

Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotini yangi bosqichga ko‘targan nodir iste’dod sohibi, uning yuksak badiiy, teran va chuqur falsafiy she’rlari xattoki yoshlar ko‘nglidan chuqur joy olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. GM 418-gurux talabalari va murabbiy D.Mustafoeva birgalikda institutda barpo etilgan Abdulla Oripovning ijod muzeyiga tashrif buyurdilar. Abdulla Oripovning xayoti va ijodiga bag‘ishlab yangi barpo etilgan muzeyda shoirning milliy adabiyotimiz, madaniyatimizning yuksalishiga qo‘shgan ulkan xissasini aks ettiruvchi kitoblar, muallifning ijod uskunalari, qolaversa ijodiy hayotidagi foydalangan xar bir detallar va aksessuarlar did bilan ko‘rsatilgan.

Shoirning ijodidagi mavzular hayotning o‘zi kabi rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, shoir she’rlarining xar bir satridagi xalqona hikmat va falsafa, betakror topilmalar shoirning barcha she’rlarini sevib o‘qishga undaydi. Abdulla Oripovning asarlarida ezgulik va yovuzlik, shavqat va mexrsizlik, inson va tabiat, urush va tinchlik, ajdodlar va avlodlar va boshqa shu kabi hayotiy munosabatlar yetakchi mavzular xisoblanadi.Tashrif chog‘ida talabalar shoirning xayot va ijod yo‘llari, yozilgan noyob kitoblari hamda dunyo bo‘ylab qilgan sayoxatlariga sherik bo‘ldilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati