Ekologik muammolar va uni oldini olish masalalari

Haftaning har juma kuni boʻladigan “Murabbiylik soati” mashgʻuloti QSXET fakulteti “Texnika va texnalogiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” taʼlim yoʻnalishi 113-guruh talabalari va guruh murabbiysi stajyor-oʻqituvchi A. Mustafoqulov ishtirokida odatdagidanda qiziqarli tarzda olib borildi. Bunda talabalar 3 ta jamoaga boʻlinib ekologik jihatdan butun dunyodagi dolzarb muammolarni sanab oʻtdi.

Shu bilan bir qatorda guruhda Quvondiqov Azimjon, Erkinov Eʼzoz, Jumanazarova Gulshoda, Yerniyozova Xolida, Abdunazarov Jasur va Tursunboyev Farruxlar faol ishtirok etib guruhning boshqa talabalariga Ekologik muammolar haqida bir-biridan qiziq maʼlumotlar berib oʻtishdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati