Germaniyaning xalqaro hamkorlik hamjamiyati (GIZ)ning ekspertlari Franziska Tade va Eileen Trenkmann TIQXMMIda startaplarning yo‘lga qo‘yish bo‘yicha erkin tarzda suhbat olib borildi. Uchrashuvni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T.Z.Sultanov ochib berdi va institutning faol ilmiy xodimlarini tanishtirib o‘tishdi. Muzokarada institutda yo‘lga qo‘yilgan startaplarni saralash jarayonlari va ularni joriy etish muammolari haqida suhbatlashishdi. Suhbat erkin tarzda o‘tgani bois olmon ekspertlarida ijobiy taassurot qoldirdi. Muzokara davomida institut qoshida tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shma diplomli dasturni joriy etish imkoniyati xususida suhbatlashishdi. GIZ bilan ilmiy ishlar bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov