Bu kunni barcha ijodkorlar intiqlik bilan kutayotgan edik, ochig'i juda xursand bo'ldik. Albatta hech bir ish mashaqqat va qiyinchiliklarsiz bo'lmaydi. Oddiy satrlar kitob shakliga kelishigacha kechgan jarayonda jonbozlik qilgan barcha mas'ullarga ijodkorlar nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Jumladan: Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektorimiz Ro'zimurot Choriyevga, Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozovga, Institut ilmiy bo'limi hodimi, shoir, Dilmurod Akbarovga va barcha tashkilotchilarga chin dildan raxmat aytamiz. Yoshlarning qiziqishi va iqtidorini yuzaga chiqarishdagi ezgu ishlaringiz xayrli bo'lsin. Albatta yoshlar ham bunga javoban labbay deb munosib javob qaytarishi shubxasiz.
RAXMAT ! ! !
TIQXMMI matbuot xizmati