2021-yil 13-yanvar kuni soat 10.00 da Institut Xotin-qizlar kengashi raisi boshchiligida "Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqaruv" fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi R.T.Kodirova, Ingliz tili kafedrasi professor-oʼqituvchilari hamkorligida "Firibgarlik jinoyati - dolzarb muammo" mavzusida maʼnaviy -maʼrifiy uchrashuv oʼtkaziladi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti kadrlar boʼlinmasi boshligʼi Valixonov Otabek Hamza oʼgʼli Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi Аsraev Umidjon Mamaraim oʼgʼli qatnashdilar.
Tadbirni institutimiz Yoshlar bilan ishlash buyicha prorektori Ruzimurat Kungratovich Choriev kirish soʼzi bilan ochib, mamlakatimizda sud-huquq tizimi hamda huquqni muhofaza qilish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, oʼzgarishlar, fuqarolarning huquqlarini davlat tomonidan muhofaza etilishi borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida toʼxtalib oʼtdilar. Mutaxassislar tomonidan Firibgarlik jinoyatining vujudga kelish jarayoni, ushbu illatning yil sayin oshib borish dinamikasi, qaysi sohalarda ushbu jinoyatning oshib borishi hamda firibgarlik jinoyatidan saqlanish borasida mazmunli maʼruza qilindi. Tadbir qizgʼin savol-javoblar asosida boʼlib oʼtdi.
TIQXMMI matbuot xizmati