2020 yilning 12 fevral kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov, "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi assistenti S.Hikmatullaevlar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad bugungi kunda talaba-yoshlarimiz tarbiyasida tobora muhim o‘rin egallayotgan "Besh tashabbus" yuzasidan mazkur oliy ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish bo‘ldi. Tashrif davomida institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori B.Husanov hamrohlik qilib "Besh tashabbus" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni noan’anaviy tarzda, ya’ni "Beshta tashabbus platformasi" ko‘rinishida tashkil qilingani, shuningdek, talabalar dars davomida va darslardan keyin ham mazkur platformada o‘zlari a’zo bo‘lgan to‘garaklarda shug‘ullanishlari, kutubxonadan foydalanishi, shu yerning o‘zida joylashgan faollar zali hamda sport majmuasidan foydalanish imkoniyati mavjudligini aytib o‘tdi. Tashrif yakunida institut rektori, professor G‘.Muxamedov mazkur tashrifdan mamnun ekanini aytib institutlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchayishi uchun tilak bildirdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov axboroti