Suv xo‘jaligining respublikamiz iqtisodiyotidagi o‘rni muhimligini e’tiborga olgan holda bu sohaga kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish zamonaviy talablarga muvofiq yangicha yondoshishlarni talab qiladi. Mutaxassis va tinglovchilarga yangi ma’lumotlarni berish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirishda mahorat darslari alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday mahorat darslaridan biri institutimiz huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil qilindi.
Mahorat darsi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev tomonidan “Sug‘orish usullar va texnikasi” mavzusida olib borildi. Darsda Tarmoq markazning “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha tinglovchilari, institutning professor-o‘qituvchilar va magistrlar ishtirok etishdi. Yuqori saviyada yaxshi pedagogik mahorat bilan o‘tilgan ushbu dars barcha ishtirokchilarni faollikka undadi va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Mahorat darsi samarali o‘tilganligi va maqsadga erishilganligi ishtirokchilar tomonidan e’tirof etildi.
PKQTvaUMO tarmoq markazi direktori G‘.Bekmirzayev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari: Rahimboy Jumaniyozov