Miya faoliyatini rivojantiruvchi sport turi

Shunday sport turlari borki, unda insondan jismoniy kuch talab qilinmaydi. Shaxmat va shashka insondan faqat to‘g‘ri tafakkur qilishni va mantiqiy mushohada yuritishni o‘rgatadi. Shaxmat  va  shashka inson miya faoliyatini rivojlantiruvchi, diqqatni jamlovchi, estetik zavq ulashuvchi mashg‘ulot hisoblanadi.  O‘z navbatida bu o‘yin kishini aqliy salohiyatini rivojlantirishi fanda isbotlangan.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularni inntelektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida GIM fakulteti dekanati va “Gumanitar  fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda 2 TTJda 1- 2 kurslar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari shaxmatdan 102 - guruh talabasi To‘lqinov Javlonbek, shashkadan esa  103 - guruh talabasi Xoliqov Umid g‘olib bo‘ldi. Musobaqa ishtirokchilarga esdalik sovg‘a va kitoblar bilan taqdirlandi.

“Gumanitar  fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati