Hashar-elga yarashar

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 10-martdagi 96-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda «Navro‘z» umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ta’lim muassasalarida va tashkilotlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va xududlarda sanitariya holatlarini yaxshilash maqsadida joriy yilning 13-mart kuni yurtimizda umumxalq xayriya xashari kuni deb e’lon qilingan.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida ishchi xodimlar, ma’muriyat va professor-o‘qituvchilar, talabalar qamishdan bel bog‘lashib obodonlashtirish ishlariga kirishib ketishdi. Hashar-elga yarashar deyishadi, shahar va tumanlarimiz, mahalla va uy joylarimiz, ta’lim maskanlarimiz toza, ozoda, pokiza bo‘lsa qalbimiz yorishadi, oilamiz fayzu barokotga to‘ladi va jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi barpo bo‘ladi. Barcha hasharchilarga hormang deb qolamiz!

“Qishloq va suv xo‘jaligi

energiya ta’minoti” fakultetining

  bosh murabbiyi O.Nazarov

TIQXMMI  matbuot  xizmati