Hashar – elga yarashar!

Xalqimiz azaldan to‘yu tantanalar, ulug‘ ayyom va shodiyona kunlarni bunyodkorlik, obodonlashtirish, hayru sahovat yo‘lidagi ezgu yumushlar bilan kutib olishga odatlangan. Bu kabi ibratli sa’y-harakatlar hamisha umumxalq hashari yo‘li bilan, kattayu kichikning ishtirokida amalga oshiriladi.

Institutimizning QSXET fakultetining barcha kafedralari an’anaga muvofiq haftaning har shanba kuni o’zlariga biriktirilgan yer maydonlarda professor –o’qituvchilar talabalar bilan birgalikda hasher ishlarini olib boradilar. Fakultetning barcha kafedralari bilan bir qatorda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi jamoasi ham o’zlariga biriktirilgan hududda tozalik ishlarini olib bordilar.

“Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetiningbosh murabbiyi O.Nazarov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati