2021-yilning 10-aprel kuni «Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» fakulteti «Iqtisodiyot» kafedrasi tashabbusi bilan talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash hamda bitiruvchi kurs talabalarini mamlakatimizdagi mavjud kompaniyalar amaliyoti bilan tanishtirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening «Sug‘urta faoliyati. O‘zbekistonda sug‘urta bozori» mavzusida tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tulaboev A’zam hamda ST MCHJ Shaxsiy sug‘urtalash departamenti direktori Raxmonov Oybek ishtirok etdi.
SHuningdek, tadbirda Iqtisodiyot kafedrasi mudiri dots. B.Sultanova, kafedra professor-o‘qituvchilaridan prof. S.Umarov, kata o‘qituvchi S.Eshmatov, ass. J. Namozov, ass. A. Ismoilov, stajyor-o‘qituvchi Q.Nosurullaev hamda talabalardan «Iqtisodiyot» yo‘nalishi 401-guruh, «Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» yo‘nalishi 301-302-guruh, «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» yo‘nalishi 306-guruh talabalari qatnashdilar. Tadbir davra suhbati shaklida tashkil etildi hamda yakunda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati