Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlagandek " O'zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma'lum va mashhur bo'lgan ajdodlarimiz mangu qo'nim topgan." Ichki turizimni rivojlantirish hozirgi kunda Respublikamizda katta ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan institutimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasida professor o'qituvchilari shu yilning 11-aprel kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan muqaddas joy "Hazrati Ali Buva" masjidiga ziyorat maqsadida tashrif buyurishdi va u yerda joylashgan muqaddas qadamjolar bilan tanishdilar.
Muqaddas joylarga ziyorat qilish tuyg’usi insonlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ziyorat chog'ida muqaddas joyida Quron tilovat qilinib, o'tganlar ruhiga samimiy tilaklar bildirildi. Shuni faxr bilan aytish kerakki, dunyo sivilizatsiyasiga ilm-faniga, umuman bashariyatning ham ma'naviy, ham moddiy yuksalishiga beqiyos ulush qo'shgan ajdodlarimiz mangu yashaydi barchamiz qalbimizda, yurtimizning har qarich yeri muqaddas, har qarich yeri ziyoratgohdir.
TIQXMMI matbuot xizmati