“HUMO ARENA” muz majmuasida

Toshkent shahrida “Humo arenasi” muz saroyi qurilishi Bunyodkorlar va aksar O‘zbekistonliklarning fikricha, Toshkentda yopiq muz stadionining barpo etilishi O‘zbekiston o‘zini shu paytgacha xalqaro musobaqalarda namoyish etaolmayotgan qishki sport turlarining rivojiga yordam beradi. Shu maqsadda Institutimiz rektorining 2019 yil 20 apreldagi va "Gidromelioratsiya" fakulteti dekanining 2019 yil 20 apreldagi “GM" fakulteti talabalarining O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, “Humo arenasi” va “Toshkent siti” (“Toshkent City”)ga tashrifi yuzasidan reja-jadvali”ga muvofiq 2019 yil 11 may kuni “Gidrologiya (suv omborlarida)” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 217-guruh talabalari guruh murabbiyi S.R. Mansurov bilan birgalikda “Humo arenasi”ga tashrif buyurishdi.

Muz majmuasining infratuzilmasi tomoshabinlar uch qavatda o‘tiradigan 12 500 o‘rinlik katta muz arenasi, 200 tomoshabinga mo‘ljallangan mashqlar muz arenasi, aziz mehmonlar uchun o‘ta qulay 3 ta VIP-loja, 14 dan 22 tagacha tomoshabinga mo‘ljallangan 34 ta VIP-loja, derazalari mashqlar muz arenasiga qaragan premium toifadagi restoran va qahvaxona, zamonaviy talablarga mos jihozlangan sportchilar uchun 17 ta kiyinish xonasi, 3 ta sport zali, madaniyat vakillari uchun 5 ta grim xonasi, matbuot markazi, konferensiyalar zali, sport anjomlari do‘koni, fitnes va bolalar uchun o‘quv-ko‘ngilochar hududdan iborat. Majmua atrofidagi hududda ko‘p qavatli parking, oila bo‘lib dam olish uchun rekreatsiya zonasi tashkil etilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Yangi multifunksional muz majmuasi – O‘zbekiston uchun eksklyuziv loyiha va bugungi kunda azim shaharning eng a’lo sport-madaniyat markazi degan nomga da’vogar va sazovor bo‘lmoqda. Talabalar sayohat davomida ilm-fanni chuqur o‘zlashtirish o‘z kelajagi va mamlakat taraqqiyoti uchun katta hissa bo‘lishini qalbdan tuydilar.

“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S.R. Mansurov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov