Inson salomatligi o‘z qo‘lida ekanini har doim ham xayoliga keltiravermaydi. 2018 yil 11 oktyabr kuni soat 10-00 da “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari ishtirokida Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda “OIV infeksiyasi profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi shifokori D.M.Ermatova tadbir ishtirokchilariga OIV/OITS kasalligining kelib chiqish sabablari hamda oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Hozirgi kunda jahon bo‘yicha 34 million kishi OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lib, har yili ularning safiga yana 2 million 700 ming nafar kishi qo‘shilmoqda. Bu bedavo dard so‘nggi yillarda yoshlar orasida keng tarqalganligi xavotirlidir.
Tadbir so‘ngida OIV infeksiyasi kasalligiga tegishli bo‘lgan videoroliklar namoyish etildi hamda Toshkent shahar OIVga qarshi kurashish Markazi tomonidan tayyorlangan kasallik to‘g‘risidagi ma’lumot jamlangan bukletlar talabalarga tarqatildi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ortiqboy Ro‘zibayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov