Hurmatli talabalar va magistrantlar DIQQATIGA!

"Respublika komissiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16 noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi" nomli xabar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy telegramm sahifasida (https://t.me/eduuz/3679)e’lon qilingan edi. Xabarda aytib o‘tilganidek har bir oliy ta’lim muassasasi o‘z imkoniyati va sharoitidan kelib chiqgan holda chora-tadbir va reja-grafik ishlab chiqishi belgilangan.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsilash muhandislari institutida ishlab chiqilgan va rektorat tomonidan tasdiqlangan chora-tadbir va reja-grafikga asoslanib. Joriy yil 16 noyabr haftaning dushanba kunidan faqat birinchi bosqich va 4-bosqich talabalarga hamda 1-2-bosqich magistrantlarga o‘qishning an’anaviy shakli boshlanadi. 2-bosqich va 3-bosqich talabalari uchun onlayn darslar davom ettiriladi.  Demak bakalavriat 1-bosqich va 4-bosqich talabalar, magistratura 1-bosqich va 2-bosqich magistrantlar 16-noyabrda to‘liq institutga kelishi lozimligi belgilanadi. An’naviy darslar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar fakultet rahbariyatlari tomonidan beriladi.