INTELLEKTUAL O'YIN​

2019 - yil 12-14 mart Butunjahon suv kuni tanlovining 2 kuni "Suv - hayot manbai" mavzusidagi intellektual o'yin tashkil etildi. Ro'yxatdan o'tgan jamoalar o'rtasida guruhlarga ajratilgan holda savol-javob o'yini tashkil etildi va o'tkazildi. O'yin soat 10:00 da boshlanib 19:00 da o'z nihoyasiga yetdi. Finalda 6 ta jamoa o'zaro kuch sinashishdi hamda g'oliblar aniqlandi

1-o'rinni "Gidrotexnika" qurilishi fakultetining "GTNSF" jamoasi

2-o'rinni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetining  "Ekolog" jamoasi

3-o'rinni Magistratura bo'limining "Obihayot" jamoalari egallashdi. G'olib bo'lganlarni tabriklaymiz va ertaga taqdirlash marosimiga taklif etamiz. 

9-soat vaqtlarini ayamasdan hakamlik vazifasini bajargan ustozlarimizga katta rahmat aytamiz. Albatta, ish bor joyda kamchilik bo'lishi tabiiy agar, kamchiliklar bo'lgan bo'lsa barcha ishtirokchilardan to'g'ri qabul qilishlarini iltimos qilgan bo'lar edik. Bu tanlov do'stlik, hamjihatlik va bilimlarni oshirish ruhida o'tkazilmoqda. Ishtirokingiz hamda taklif, fikrlaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.  Bizni kuzatib boring ertaga yakuniy tanlovlar. Tashrifingiz bizni xursand qiladi. Hurmat bilan tashkiliy qo'mita!