Bugun Ispaniyaning Liyeda universiteti, "O‘rta asr tadqiqotlari” va "O‘rta asrlarda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi" ilmiy-tadqiqot guruhlari va institutimizning "Gumanitar fanlar" kafedrasi bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy seminar boshlandi. O‘rta asrlarda Andalusiyada barcha sohalar kabi musulmon irrigatsiya tizimlari ham san’at darajasiga ko‘tarilgandi.
Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi madaniyatlari va qadriyatlari doirasida ushbu ikkita uzoq makonning bir xil muammolarni qanday hal qilganligini solishtirish bugungi kun uchun ham foydali bo‘ladi. Ushbu ilmiy seminar Leida Udl universiteti (Kataloniya, Ispaniya) va TIQXMMI o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida tashkil etildi.
Ilmiy seminarni Leida universitetit Xalqaro aloqalar va hamkorlik bo‘yicha vitse-kansler Antoni Grannoller ochib berdi. Unda San’at fakulteti dekani Karme Figuyerola ham bugungi anjumanning katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Birlashgan o‘rta asrlar tadqiqot markazi direktori Flosel Sabate bugungi majlisda moderatorlik qildi. “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Sh.M. O‘ljayeva “Amir Temur davrida irrigatsiya tizimlarining rivojlanish holati”, Xelena Kirchner “Sharqiy Andalus orollaridagi kichik hajmli sug‘orish tizimlari (Balear orollari, 10-13 asrlar), TIQXMMI tayanch doktoranti Muazzam Mahmudova “Temuriylar davrida sug‘orish inshootlari” mavzusida ma’ruza qildilar. Seminarda jami 40 dan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. 2021-yil 14-aprel kuni xalqaro ilmiy seminar o‘z ishini davom ettiradi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati