Jamiyatning tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyat ekanini Davlatimiz rahbari alohida e’tirof etganlari ma’lum. Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Ma’naviyat festivali” butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgani e’tiborga molik. Institutimizning talabalar turar joylaridagi talabalarga ham ana shu tuyg‘uni singdirish harakati yo‘lga qo‘yilgani quvonarlidir.
11-avgust kuni “Yoshlar oqshomi” tashkil etildi. Unda faol, iqtidorli talabalarning havaskorlik chiqishlari qo‘shiq va raqs bilan ulanib ketdi. Ayniqsa, “Targ‘ibot” guruhining ichakuzdi hangomalari davraga fayz kiritdi. Tadbirda faol qatnashgan, intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alari va kitoblr taqdim etildi.
TIQXMMI matbuot xizmati