Yosh o‘qituvchilar hamda doktorantlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 5 oktyabrdagi 01-51/3762-sonli xatiga muvofiq, Xorijiy universitet va ilmiy markazlarda yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni qabul qilish muddati joriy 20 oktyabr kuniga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yicha taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
- “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ilmiy stajirovka rejasi;
- Institut Ilmiy kengashi qarori;
- Institut tomonidan tasdiklangan va qabul qiluvchi tomon bilan kelishilgan, ilmiy stajirovka taklifnomasi va dasturi;
- Nomzodning ma’lumotnoma – ob’ektivkasi (anketa);
- Oliy ta’lim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplomning nusxasi;
- Ilmiy darajasini (fan nomzodi Phd va fan doktori), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplom(lar)ning nusxasi, agar mavjud bo‘lsa;
- Mehnat daftarchasining nusxasi;
- Fuqarolik pasportining nusxasi;
- Nomzodning 3x4 sm o‘lchamdagi oq fondagi rangli fotosurati (4 dona);
- Chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud bo‘lsa.
Batafsil ma’lumot uchun telefon: 71 237-09-46 (N.Ismailova), 71 237-19-61 (Sh.Imomov).
Batafsil ma’lumotlarni https://mininnovation.uz/uz/competitions/2252 saytidan olishingiz mumkin.