Kelajak energiyasi uchun yana bir qadam

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-24-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga bagʻishlab oʻtkazilgan Koreya-Oʻzbek “Biznes-Forum”i doirasida, Koreyalik va Oʻzbekistonlik hamkorlar oʻrtasida Toshkent shahrida Yeoju texnika institutini tashkil qilish haqida Memorandum imzolangan.

Imzolangan Memorandumga asosan 2018-yil 24-iyul sanasida Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan davlat litsenziyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi muassasa maqomiga ega boʻldi.

Toshkent shahrida Yeoju texnika institutining tashkil etilishi Respublikamizda yangi ish oʻrinlar yaratilishi bilan bir qatorda, taʼlim sektorida sogʻlom raqobat muhitining paydo boʻlishi, yoshlarning oʻzlari хohlagan va innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim olishi, taʼlim va sanoatning chambarchas bogʻlanishi, taʼlim va kadrlar sifatini oshishi, davlat byudjetiga tushumlarni koʻpayishi va byudjetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayishi va taʼlimga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

2019 - yil 12 - dekabr kuni Toshkent shahridagi Yodju texnik institutida “Qаytа tiklаnuvchi energiya mаnbаlаri” o’quv-laboratoriya majmuasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlik va hamkor tashkilotlar vakillari, hamda OAV muhbirlari ishtirok etdilar. Qizil lentani kesish marosimi uchun ramziy sana 12-dekabr kuni soat 12:12:12 belgilandi. Tadbir jarayonida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan, ilm fan va innovatsiyalar soxasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Koreyaning “Plan best energy” kompaniyalari bilan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” sohasida ozaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mehmonlarga “Muqobil energiya” ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan quyosh, shamol va vodorod energiyalarini olish va tahlil qilish namoyish etildi. 

Quvonarli jihati ushbu tadbirda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi mudiri D.Qodirov hamda kafedra dotsenti A.I.Anarbayevlar tadbirda ishtirok etdilar. Tadbir davomida Yeoju texnika instituti rektori J.Sh.Kudaybergenov bilan yangi ochigan laboratoriya majmuasidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandisglari instituti talabalari ham foydalanishlari boyicha fikr almashishdi.

“ Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari “ kafedrasi assistenti Alisher Davirov

institut matbuot xizmati rahbari Rahimoy Jumaniyozov