Boburning barhayotligi uning ijodidagi umumbashariy g’oyalarga sadoqatning mavjudligi bilan izohlanadi. 14.02.19 куни 2 - Talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom tashabbusi bilan 1483 - yil 14 - fevral buyuk shoir, tarixchi, geograf Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Fleshmob o'tkazildi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Xakim Azimov bilan xonalarga kirib Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, hayoti haqida talabalarga savollar berildi. To'g'ri javob bergan talabalarni badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar.
Savol - javoblarda faol ishtirok etgan talabalar “GIM” fakulteti talabasi Baxromov Ma'ruf, Xudayqulov Sardor, “GTQ” fakulteti talabasi Bo'ronov Suxrob, Matkarimov Bobur, “GTS” fakulteti talabasi Jaloliddinov Farrux savol-javoblarda faol ishtirok etishdi.
Tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov