2020 - 2021 o‘quv yilida an’anaviy ta’lim shakliga qaytilganidan keyin aksariyati yordamga muhtoj talabalar institut yotoqxonasiga joylashtirildi. Shu bilan birga yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lmagan talabalar ham o‘zlarining moddiy ta’minotidan kelib chiqqan holda ijara asosida yashab kelmoqda. Aynan shunday talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash va uy egalari bilan suhbat o‘tkazish maqsadida "Gidromelioratsiya" fakulteti Gidrologiya daryo va suv omborlari talim yo‘nalishi 110-guruh murabbiyi Q.Eshquvatov talabalar istiqomat qilayotgan uylarga tashrif buyurdi. Suhbat jarayonida talabalarga o‘zlarini OTM talabasi ekanligini yodda tutishi, uyda tozalik va ozodalikka rioya qilishi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan ahil bo‘lishi, ular bilan muloqotda yuqori madaniyat va xushmuomalalikka rioya qilish kerakligi to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.
TIQXMMI matbuot xizmati