Joriy yilning 12- mart kuni Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti 306- guruh murabbiysi R.T.Kodirova va guruh talabalari yurtimizdagi Muqaddas qadamjolardan Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgoxiga tashrif buyurdilar R.T.Kadirova talabalarga avvalo ziyorat odobi tugrisida sung O‘rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo‘lgan so‘fiylik targ‘ibotchisi shayx Oyxo‘ja ibn Tojxo‘ja sharafiga shunday atalgan.
Zangi otaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining eng og‘ir davriga to‘g‘ri kelgani Zotan, XIII asrning 20 yillarida Mo‘g‘ul istilochilari Movarounnahrning eng yirik shahar va qishloqlarini vayron qiladilar. Oddiy mehnatkash xalqni esa qullik iskanjasiga soladilar. Shunday og‘ir bir paytda Zangi ota va uning shogirdlari xalq ommasini qahramonlik, vatanparvarlik, mehr-shafqat kabi eng oliy umuminsoniy g‘oyalar bilan oziqlantirdi.
Zangi otaning bu xizmatlari vaqti kelib Amir Temur tomonidan munosib taqdirlangani Zangi otaning qabri ustida maqbara qad rostlangani 1420 yilda esa Mirzo Ulug‘bek uning ustiga hozirgi peshtoqni bunyod ettirgani tugrisida gapirib berdi Talabalar ziyoratdan Ajdodlardan qolgan boy madaniy merosni chuqur o'rganish va o'zlashtirish ma’naviy barkamollik sari yetaklovchi muhim omil ekanini, biz ma’naviy merosi boy xalqning avlodlari ekaligimizdan faxr tuyg‘usi bilan Vatanga bo'lgan buyuk muhabbatni qalblariga jo qilib , boy taassurotlar bilan qaytishdi.
"Ingliz tili" kafedrasi katta ukituvchisi R.T.Kodirova ахбороти
TIQXMMI matbuot xizmati