Joriy yilning 13-iyun kuni soat 16-00 da ITI va IPKTB boshlig‘i Sh.Imomov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Yangiev bilan hamkorlikda 1 - bosqich magistrantlari va ularning mutaxassislik kafedra mudirlari balan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ITI va IPKTB boshlig‘i Sh.Imomov magistrantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan soha vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi ta’kidlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarish bilan uyg‘un holda olib borishni ta’minlash bo‘yicha institutning birinchi bosqich magistrantlariga dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot institutlaridan yoki ishlab chiqarish korxonalaridan ilmiy maslahatchi biriktirish masalasi bo‘yicha yig‘ish tashkil etilganligini aytib o‘tdi.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Yangiev magistrantlarga yozgi o‘quv tajriba amaliyotini ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqilganligini va shu dastur asosida har bir magistrant dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari ilmiy maslahatchilari bilan bargalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishini ta’kidladi va barcha birinchi bosqich magistrantlariga ishlab chiqilgan yangi dasturlarni tarqatdi.
ITI va IPKT bo‘limi xodimi S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov