Saylov targ’ibotlari davom etmoqda.

2021 yil 13 oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3-talabalar turar joyida 24-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bu muhim huquqiy-siyosiy tadbirda yoshlarning o’rni alohida ekanligi barchamizga ma’lum, yoshlar jamiyatning asosiy yurguzuvchi kuchiga aylanishi kerakligi, ularning mamlakatdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy jarayonlarda o‘zlarining fidoiy fuqarolik pozitsiyalarini aks etgan holda ishtirok etishlarini ta’minlash bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani aslo sir emas.

Tadbirda QSXET Fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari  Alisher Mutalov, ET va EJF kafedrasi o’qituvchisi Dilmurod Akbarov, Institutimiz Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi Davron Rasulov, fakultet yoshlar yetakchisi Abbos Ubaydullayev boshchiligida yotoqxonada yashovchi talabalar bilan uchrashib saylov oldi targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi va ularga o‘z fuqarolik huquqlaridan foydalanishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi. Shu bilan birgalikda talabalar turar joyida yashash sharoitlardan to’g’ri  foydalanish  tartib qoidalari  haqida gaplashib talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati