Falsafa fanlarnig otasi sifatida izohlanadi. Darhaqiqat, har bir fan yoki soha zamirida falsafiy asos bor. Kuzatgan, shohid bo‘lgan har bir narsa-hodisadan falsafi aso va mantiq izlash xayrlikdir. "Jahon falsafa kuni"ga bag‘ishlangan navbatdagi sayohat O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuasiga tashrifimiz bilan uzviy bog‘lanib ketdi. Buyuklik zaminida suyuklik bor. Mashhurlik qanotida maqbullik va manzurlik bo‘lishi alohida mohiyatga ega.
Xuddi shu ma’noda, Birinchi Prezidentning istiqlolimiz poydevorini qurishdagi jonbozliklari ijtimoiy-falsafiy ma’no kasb etadi.
Antik davr faylasufi Pifagor falsafa fanlarning podshosi deb ta’riflagan. XXI asrga kelib O'zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov "falsafa fanlarning otasi" - deb ta’rif bergan edilar.
"Gumanitar fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov boshchiligida "SXTE va B" fakultetining 208 guruh talabalari ziyorat asnosida juda katta bilim va falsafiy zavqqa ega bo‘lishdi desak, mubolag‘a bo‘lmas.
Majmuaning kirish chog‘ida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tan soqchisi Sanjar Abdurahimov bilan qisqa vaqtda ichida suhbatlashib esdalik uchun suratga tushishga ham ulgurishdi.
Shuni e’tirof etish o‘rinliki, "Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch" asarining qiymati ham uning zamiridagi davrga, voqelikka falsafiy nazarning mavjudligidir.
"SXTE va B" fakulteti 208 - guruh sardori Umid Toshmatov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov