Yoshlar haftaligi 2019 loyihasi 4-kun natijalari

Ko'rgazma institut Yoshlar ittifoqi hamda ilmiy bo'lim hamkorligida o'tkazilib, bevosita tashkil etgan kitoblar ko'rgazmasi bilan davom etdi. Ko'rgazmada "Yangi asr avlodi" nashriyoti va "Kitob olami" MChJ milliy va jahon adabiyotining eng sara na'munalarini talabalarga taqdim etdi. (kitob savdosi ham avjiga chiqdi to'grisini aytsak, umumiy 147 ta kitob sotildi. Yoshlar ittifoqi va iqtidorli talabalarning ilmiy taqdiqot ishlarini tashkil etish bo'limi hamkorligidan yangi loyihalari davom etadi. Kunning ikkinchi yarmida ilmiy bo'lim tomonidan maqolalar tanlovi taqdimoti o'tkazildi. Soat 16:00 da esa dastur bo'yicha munozara-debat o'yinlari bo'lib o'tdi. Munozara-debat o'yinlarida juda ko'plab ishtirokchilar va tomoshabinlar o'zlari qiziqgan holda tashrif buyurishdi. Kunning yakunida 3-talabalar turar joyida fakultetlararo Viktorina o'yini o'tkazildi. Albatta, 7 fakultet jamoasi bu o'yinda ham o'zlarini bilim tarafidan ko'rsata olishdi. 4-kun 4-tashabbus talabalar qamrovi 1000 dan ortiqligi bizni xushnud etdi.

Institut yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov