Maktablar bilan hamkorlik

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarida ta'lim sifati va o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo'llab-quvvatlash uchun hamkorlik bo'yicha tashkil etilgan “Yo'l xaritasi” ga asosan 2020-yil 12-dekabr kuni "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti GTI va MK kafedrasi dotsenti N.Mallem va kafedra assistenti X.Hasanov Toshkent viloyati O'rta chirchiq tumanidagi 55-sonli umumta'lim maktabga borib kelishdi, kelgusida bajariladigan ishlar bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqishga kelishildi. 

TIQXMMI matbuot xizmati