Ona yurtimiz har doim oʻzining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, oʻzi yashayotgan yurt tuprogʻini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning oʻz armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Vatanni sevish, ardoqlash, himoya qilish – har birimizning sharafli burchimizdir. Vatan himoyasi– muqaddas burch. Har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birlarini tabriklayotgan nafaqat harbiylar, balki yurtimizda faoliyat olib borayotgan boshqa kasb egalari, shuningdek oʻquvchi-talabalar, iqtisodchilar, injenerlar, agronomlar, sportchilar ham bir- birlarini shu aziz bayram bilan tabriklayotganida yuragimiz yorishib ketadi.
Shunday ekan, Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʻliq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʻlishi uchun har doimgidek oʻz kuch-gʻayratingizni ayamang! Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman. Institut yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilarining tashabbusi bilan “Iqtidor-film” studiyasi tomonidan ishlangan ushbu videorolikni bayram tuhfasi oʻrnida qabul qilasiz degan umiddamiz.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining oʻqituvchisi Bahriddin Muqimov
Institut yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari rahbari Akmal Berdimurodov axboroti