2019 yil 15 fevral kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani prof. A.Isaqov tashabbusi bilan 2 va 3-kurs talabalari o‘rtasida “Yoshlar ittifoqi – imkoniyatlar ummoni” mavzusida katta davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining fakultet kengashi a’zosi Dilmurod Akbarov tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining talaba yoshlar hayotida tutgan o‘rni, yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida taqdimot qildi. Shu bilan birgalikda yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi faolligi yanada oshirish qanchalar muhim ekanligi hamda fakultetda bugungi kunda yuksak marralarga erishgan talabalar faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Yig‘ilishda 2019 yil 30 yanvar – 2 fevral kunlari Tailandning Bangkok shahrida YuNESKO tomonidan o‘tkazilgan “Be the leader the world needs”halqaro konferensiyasida ishtirok etgan 2-bosqich talabasi Nurmuhammad Razzoqov tengdoshlariga konferensiya tassurotlarini gapirib berdi.
Uchrashuv so‘nggida fakultet dekani Yoshlar ittifoqi faoliyatini yanada rivojlantirish va yoshlarni qiziqtiruvchi yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi.
Fakultet dekani va yoshlar o‘rtasidagi samimiy suhbatlarga boy bo‘lgan uchrashuv kelajak taraqqiyot rejalarini tuzishga asos bo‘ldi.
Fakultet Yoshlar ittifoqi ma’lumoti.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov