Ustoz ziyoratida

Koʻp yillar ilmiy tadqiqot institutlarida masʼul vazifalarda ishlagan fidoyi olim Kuchkar Xannazarov tabarruk yoshda. Ikkinchi jahon urushida vatan himoyasiga otlangan, front ortida ham jonbozlik namunalarini koʻrsatgan fidoyi olim ular. 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Mirzo Ulugʻbek tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 97 yoshli Xannazarov Kuchkar Xannazarovichning “Oloy” mavzesi 15 uy 18 xonadoniga tashrif uyushtirilib, institut rahbariyati nomidan bayram bilan tabriklandi. Tashrifimizdan ularning qalbi togʻdek koʻtarildi. Savob ishni har kim, har kuni qilish zarurligini yana bir bor his etdik.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov