Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak

Joriy yilni 15 oktyabr kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining 2 - zalida talaba-yoshlar bilan davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda “Hayot faoliyati xafsizligi” kafedrasi oʼqituvchisi Mirxalikova Zulfiya Quchqarovna, hamda Xadjaev Аliakbar oʼz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki, oʼlim holatlari koʼpayadi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari koʼrilishi kerakligi boʼyicha mutaхassis talabalarga kerakli maʼlumotlar berib oʼtdi. Jumladan, gaz plitasidan binoni isitish va uning ustida kiyimlarni quritish, shuningdek, plitani nazoratsiz yoqilgan holatda qolishiga yoʼl qoʼymaslik. Bundan tashqari, gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib koʼrish mumkin emasligi to‘gʼrisida ham atroflicha gapirib oʼtdi.

Tadbir davomida oʼquvchi yoshlarga Is gazi bilan zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari aks ettirilgan videorolik namoyish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi. Shuningdek, tadbirga soʼzga chiqqanlar talabalarga eng avvalo uy egasi bilan ijara shartnoma qilish lozimligi toʼgʼrisida kerakli, ijarada yashash tartib qoidalari toʼgʼrisida, ijarada yashash manzili boʼyicha mahalla hamda uchaska noziri bilan doimiy aloqada boʼlishlari lozimligi toʼgʼrisida ham batafsil maʼlumotlar berishdi. Tadbir soʼngida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga mutahasislar orqali javob olishdi.

 

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati