Joriy yilning 15-noyabr kuni 4-sonli talabalar turar joyida “ Havo tomchi orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasalliklar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Mavzu bo’yicha institutning Tibbiyot bo’limi boshlig’i Eshniyozov Botir Qurbanbayevich, Xayitova Xurshida Safarovna hamda 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Xaitova Aziza tomonlaridan suhbat olib borildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholi o’rtasida ko’p uchraydigan yuqumli kasalliklar gripp, qizamig’, qizilcha, suvchechak, miningit hamda chekishning zararli tomonlari, ularning insonlarda paydo bo’lish sabablari, asosiy belgilari, ularni oldini olish chora-tadbirlari, tibbiy muolaja usullari to’g’risida asosiy ma’lumotlar berib o’tildi. Tadbir davomida talabalarning yuqumli kasalliklar to’g’risida o’zlarini qizitirgan savollariga to’liqligicha javob berishdi. Biz o’ylaymizki, bu doiradagi davra suhbatlari yoshlar o’rtasida o’tkazilishi sog’lom hayot yo’liga qo’yiladigan bir qadam sifatida ifoda etishimiz mumkin.
4-TTJ tarbiyachi pedagogi A.Xaitova axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov