Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularning sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targ'ib qilish, institutda jamoaviy sport turlarini yanada ommalashtirish masalalariga alohida urg'u berish maqsadida joriy yilning 14-15-16 dekabr kunlari mini-futbol bo'yicha institut talaba-yoshlari o'rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda 7 ta fakultet o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Maqsad talabalar o'zaro hamjihatlik, birlashtirish edi. Bir qarashda nima uchun degan savol tug'iladi bu tabiiy, albatta. Lekin, mantiqan o'ylab qaralsa, mohiyati juda ham keng. Musobaqa shiddatli tarzda boshlanib, yakuniy natijalar quyidagicha bo'ldi: Yakuniy natijalarga ko'ra o'yin davomida peshqadam bo'lgan
Sport musobaqasi yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
III-O'RIN - GTS jamoasi;
II-O'RIN – GM jamoasi;
I-O'RIN – YERB jamoasi bosh sovrin-institut “Rektor kubogi”ni qo'lga kiritdi.
TIQXMMI matbuot xizmati