Talaba-yoshlar o'rtasida odob-axloq oyligi

   Joriy yil 15-dekabr kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakultetiga  qarashli 1-talabalar turar joyida  fakultetni yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o'qituvchisi O'.Islomov hamda institut psixologi M.Muxamedova tashabbusi bilan talaba-yoshlar o'rtasida “Odob-axloq” va “Ijtimoiy-psixologik suhbat”mavzusi bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi. Ular o'z nutqida ta'lim muassasasida tahsil olayotgan har bir talaba ongida sog'lom ma'naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish haqida so'z yuritdi. Uning nufuzi hamda obro'-e'tiborini asrab-avaylash, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi avvalambor, odob-axloq qoidalariga rioya etuvchi talaba-yoshlarni tarbiyalash zarur. Har bir talaba institutning ichki tartib qoidalarini, xususan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o'z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to'g'ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg'oq mutaxassislarni bo'lishlari lozim. Shuningdek, talaba-yoshlarga ular ongida   ma'naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish,  yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo'ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo'lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko'maklashishdan iboratligi to'g'risida tushunchalar berildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati