Yoshlar tarbiyasida dadil qadam

Joriy yilning 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil yetilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5529-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidromelioratsiya” fakultetida "Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda bizning maqsadimiz va tariximiz" mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga O‘zbekiston DXX, IIV, FVV, MV qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron-faxriylarining “Vatan” xayriya jamg‘armasi fondi raisi Abdumannopov Abduraxim Madraximovich hamda jamg‘arma a’zosi Afg‘oniston urushi qatnashchisi Musabekov Azamat Aliyevichlar tashrif buyurib, talaba-yoshlarimiz bilan uchrashuvda ularni vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlaridagi faolligini, fikrlarini yanada rivojlantirishni, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol yoshlarni tarbiyalash davra suhbati tashkil etildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti dekani o‘rinbosari X.Tuychiyev axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov