Joriy yilning 16-iyun yakshanba kuni, Ilmiy –tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorgash bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomov, bo‘limning bir guruh xodimlari va Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi sektor mudiri N.Shaymanovlar bilan birgalikda institutimizning Ilmiy o‘quv markazida “Gidromelioratsiya” fakultetining 360 nafar 2-bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etil etildi.
Uchrashuvda Sh. Imomov talabalarni hozirdan ilmiy-tadqiqotlarga yo‘naltirish, ularni har tomonlama qo‘llab -quvvatlash, har bir talaba yoshlar bilan alohida shug‘llanib ularni iste’dod va mahoratini ro‘yobga chiqarish, davlat stipendiyalariga tayyorlab borish keyinchalik esa magistratura va doktorantura bosqichlariga qamrab olish haqida so‘zladi.
N.Shaymanov bugungi kunda fakultet talabalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini yaratishdagi faolligi, erishgan yutuqlari va bu borada hozirda fakultet talabalari institutda yetakchilar qatorida ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuvda Sh.Imomov talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berar ekan, bunday ko‘tarinki kayfiyatni va yetakchilikni qo‘ldan boy bermaslik kerakligini so‘radi.
ITI va IPKT bo‘limi xodimi S. Melikuziev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov